Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev hamda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoğan örtasida telefon suhbati bölib ötdi. Bu haqda Qozoğiston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida ikki davlat yetakçilari Qurbon hayiti bayrami bilan bir-birini qutlaşdi.
“Tomonlar ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar hamda uning istiqbollari, şuningdek, bir qator mintaqaviy hamda xalqaro muhim masalalarni muhokama qilişdi”, – deb yozilgan xabarda.












