Ozarboyjon poytaxti Boku şahri mezbonlik qilgan 42-Butunjahon Şaxmat Olimpiadasi yakunlandi. 

Özbekiston qizlar terma jamoasi umumjamoa hisobida 22-örinni qölga kiritdi.

Özbekistonlik şaxmatçi qizlar 11ta uçraşuvdan 6 tasida zafar quçişga erişdi. 2ta bellaşuv durang bilan öz yakuniga yetdi, 3ta terma jamoa esa özbekistonlik şaxmatçi qizlardan ustun keldi.

Çempionlik xitoyliklar jamoasiga nasib qildi. Ikkinçi va uçinçi örinlar Polşa va Ukraina vakillari tomonidan band etildi.

Rustam Qosimjonov boşçiligidagi Özbekiston erkaklar terma jamoasi Olimpiadani 39-örinda yakunladi.

11 turdan 6tasida ğalaba, 1tasida durang va 4tasida mağlubiyat qayd etilgan.

Har 2 yilda bir marta ötkaziladigan Şaxmat Olimpiadasida çempionlik AQŞ vakillariga nasib qilgan.

Manba: «Olamsport»