Serbiya va Çernogoriya davlat ittifoqining sobiq prezidenti Svetozar Maroviç öz xizmat lavozimini suiiste'mol qilgani va korrupsiya uçun Podgoritsa Oliy sudi tomonidan 3 yilu 10 oylik qamoq jazosiga tortildi. Bu haqda çernogoriya sud mahkamasi xabar bergan.
Şuningdek, 61 yoşli Maroviç davlatga 1,1 million yevro hajmida tovon puli tölaşi va xayriya uçun 100 ming yevro ajratişi belgilangan.
Maroviç, uning oila a'zolari va yaqinlari davlat yerini sotişdagi firibgarlik va Budva dam oliş maskanida köplab infratuzilmali obektlar qurilişidan notöğri foydalanganlikda ayblangan. Natijada, sobiq siyosatçi öz aybini böyniga olgan, unga çiqarilgan qaror esa aybni tan oliş evaziga hukmni yumşatiş böyiça prokuratura bilan kelişilgan şartnoma natijasi böldi.
Svetozar Maroviç Serbiya va Çernogoriya ittifoqi şakllangan vaqtidan boşlab, 2003 yildan 2006 yili ittifoq parçalanib ketgunigaça prezident bölgan. Uzoq yillar davomida u Çernogoriyaning eng nufuzli siyosatçilaridan biri deya e'tirof etilgan. U Siyosiy Kengaş direktori lavozimida Sotsial demokratik partiyani boşqarib kelgan. Sobiq prezident politsiya tomonidan 2015 yilning dekabr oyida qölga olinib, salomatligiga oid jiddiy muammosi bölganligi sabab yarim yil muddatga ozodlikka çiqarilgan.
















