Qirğizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev daxlsizlik bilan birga mamlakatning sobiq prezidenti maqomidan mahrum etildi.

Qirğiziston parlamenti saytida 9 iyulda tegişli qaror e'lon qilingan. Unda Atamboyevni sobiq prezident maqomidan mahrum qilişga boşqa bir qaror – Atamboyevga qarşi ayblovlar bildirilişi haqidagi qaror hamda boş prokurorning sobiq prezident xatti-harakatlarida u tomonidan davlat rahbari vakolatlari bajarilganda jinoyat alomatlari bölgani haqidagi xulosasi asos bölgani aytilgan.

Atamboyev Qirğiziston prezidenti lavozimini 2011 yil 1 dekabrdan 2017 yil 24 noyabrgaça egallagan. 

Avvalroq Qirğiziston parlamenti Atamboyevni daxlsizlikdan mahrum qilgani ma'lum qilingandi.