1984 yildan 1994 yilgaça Germaniya prezidenti lavozimini egallagan Rixard fon Vaytszekkerning öğli – şifokor Frits fon Vaytszekkerga Berlindagi Schlosspark-Klinik şifoxonasida ma'ruza öqiyotgan vaqtda piçoq bilan hujum qilindi. Şifoxonada 2005 yildan beri boş şifokor bölib işlab kelgan 59 yoşli Frits fon Vaytszekker olingan jarohatlardan vafot etdi. Bu haqda RBB teleradiokompaniyasi xabar berdi. 

Politsiyada ta'kidlanişiça, voqea 19 noyabrda mahalliy vaqt bilan soat 18.50 atrofida yuz bergan. Politsiyaning ma'lumotlariga köra, hujum qilgan kimsaga tösqinlik qilişga uringan ma'ruza iştirokçilaridan biri oğir jarohat olgan. 

Politsiya jinoyatçini şifoxona hududida qölga olgan. U nima uçun uşbu qotillikni sodir etgani hozirça ma'lum emas. Voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Marhum voqea vaqtida jigar muammolariga bağişlangan ma'ruza olib borgan.