Perulik sudya Xuan Karlos Sançes Balbuena prokuratura talabini bajargan holda, sobiq prezident Pedro Pablo Kuçinskini mamlakatni tark etişiga taqiq qöydi.

Ayni paytda, sobiq siyosatçi ustidan Braziliyaning Odebrecht quriliş kompaniyasidan olgan tölovlari bilan boğliq korrupsiya işi yuzasidan tergov işlari davom etmoqda.

Ma'lum bölişiça, 2004-2013 yillar davomida Kuçinskiga tegişli firmalar Odebrecht kompaniyasidan «konsultatsiya xizmatlari» uçun $4,8 mln olgan. Sobiq davlat rahbari bu xabarlarni inkor qilib kelmoqda. 

Şu paytgaça, boş prokuratura bu iş yuzasidan Kuçinskini ikki marta söroq qilgan. Bundan taşqari, unga tegişli bölgan uylarda tintuv ötkazgan.

Juma kuni Peru Kongressi Kuçinskini mamlakat prezidenti lavozimidan iste'fosini qabul qilgan edi. Ayni paytda, uning örnini birinçi vitse-prezident Martin Viskarra egallagan.