Turkmaniston oqsoqollar kengaşining 14 sentabr, çorşanba kuni Aşxobodda ötkaziladigan majlisida yangi konstitutsiya qabul qilinişi kutilmoqda.
Kengaş işida mamlakatning barça viloyatlaridan (5ta viloyat - tahr.) va poytaxtdan jami 600 kişi va Turkmaniston parlamenti (majlis) deputatlari töla tarkibda iştirok etadi. Aynan deputatlar majlisda yangi konstitutsiya qabul qilinişi böyiça ovoz berişlari kutilmoqda.
Turkmaniston Sobiq Ittifoq hududidagi davlatlar orasida yangi konstitutsiya qabul qilingan ilk mamlakatga aylangandi. 1992 yilning 18 mayida birinçi konstitutsiya qabul qilingan. 1995 yilning 27 dekabrda konstitutsiyaga bir qator özgartiriş va qöşimçalar kiritilgan.
16 yildan söng, 2008 yilning 26 sentabrida Turkmaniston Xalq maslahati konstitutsiyaga yangi özgartirişlarni qabul qilgan. Unga köra, aynan Xalq maslahatining özi özgartirilib, vakolatlari prezident va parlament örtasida bölingan.
2014 yili Gurbanguli Berdimuhammedov mamlakat konstitutsiyasini Turkmanistonning «zamonaviy siyosati va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti talablari»ga moslaştiriş zarurligini aytgan edi.
2016 yilning fevral oyida konstitutsiyaning yangi loyihasi matbuotda çop etilgan. Uşbu qonunning oldingilaridan farqli jihati, prezident vakolati muddatini 5 yildan 7 yilgaça uzaytiriş, prezident lavozimi uçun eng yuqori yoş çeklovini bekor qiliş böldi. Amaldagi konstitutsiyada yoş çegarasi 70 yoş etib belgilangan.
2016 yilning 29 iyunida Gurbanguli Berdimuhammedov 61 yoşga kirgandi. Uning konstitutsiya böyiça ikkinçi muddati 2017 yilda nihoyasiga yetadi.












