Sloveniya futbol federatsiyasi rahbari Aleksander Çeferin UYeFAning yangi prezidentiga aylandi.
Bugun Afina şahrida UYeFA prezidenti saylovi ötkazildi. Unda taşkilotga a'zo 55 mamlakat vakillari 2 nomzod orasidan ovoz beriş yöli bilan taşkilot rahbarini aniqlaşdi.
Saylov yakuniga köra, sloveniyalik Aleksander Çeferin 42 ovoz töplab, UYeFA prezidenti qilib saylandi. Unga raqiblik qilgan niderlandiyalik Mixael van Praag 13 ovoz oldi.
49 yoşli Çeferin 2011 yildan buyon Sloveniya futbol federatsiyasi rahbari bölib işlab kelmoqda edi. U endi 2007 yildan buyon UYeFA rahbari bölgan Mişel Platini örnini egalladi.
Aleksander Çeferin 1967 yilning 13 oktabrida Lyublyanada tuğilgan. U Lyublyana universitetida huquqşunoslik böyiça tahsil olgan. Avvaliga oilaviy firmaning advokatlik bölimida işlagan. Bu firma professional sportçilar hamda sport klublarining manfaatlarini himoya qiliş bilan şuğullangan. Keyinroq u otasidan firma boşqaruvini qabul qilib olgan va firma direktoriga aylangan.
Çeferinning Sloveniya futbolidagi faoliyati 2005 yilda, u «Litiya» nomli futzal klubi bilan hamkorlik qilişga kirişgaç, boşlangan. 2005 yilda Çeferin «Lyublyana Loyyers» nomli havaskor jamoa direktorlar kengaşi tarkibiga kirgan, 2006-2011 yillarda esa Lyublyananing «Olimpiya» jamoasi boşqaruvida bölgan.
Slovençadan taşqari, Çeferin ingliz va italyan tillarida bemalol sözlaşa oladi. Uylangan, 3 farzandning otasi.
2011 yilda Çeferin Sloveniya futbol uyuşmasi prezidenti etib saylangan. 2015 yilning fevralida esa u öz lavozimiga qayta saylangan. Bundan taşqari, u 2011 yildan buyon UYeFA Yuridik qömitasida rais örinbosari sifatida faoliyat körsatib kelgan.












