Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 31 avgustdagi 287-qaroriga muvofiq, Özbekiston Respublikasi fuqarolik va davlat aviatsiyasida dronlar (uçuvçisiz uçar qurilmalar) ekspluatatsiyasi tartibi töğrisidagi Nizom tasdiqlandi.

Eslatib ötamiz, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 26 noyabrdagi 322-sonli qaroriga köra, 2015 yilning 1 yanvaridan dronlarni (kod TN VED 8802 20 000 0)  Özbekiston hududiga olib kiriş, ularni sotiş yoki foydalaniş töliq taqiqlangan. 2016 yilning may oyidan esa Hukumat dronlar importi, sotilişi va uçirilişiga alohida qarorlar asosida ruxsat beriş imkoniyatini körib çiqdi. 

Yangi hujjat öyinçoqlar, aviamodellar va dronlar örtasidagi farqni belgilab beradi. 

Fuqarolarning şaxsiy ehtiyojlarini qondiriş uçun foydalanuvçi, vazni 250 grammdan oğir bölmagan, TN VED 8802 20 000 0 kodiga töğri kelmaydigan, parvozni avtonom boşqariş va navigatsiya funksiyalarisiz, foto va videouskunalar bilan jihozlanmagan uçar qurilma havo kemasining öyinçoq modeli sifatida tan olinadi. Öyinçoq modellarni havo kengligida qöllaş uçun ruxsat söraş talab qilinmaydi. Havo kemasining öyinçoq modellari parvozi 50 metrgaça bölgan balandlikda, aerodromlar hududidan 150 metrdan yaqin bölmagan masofada, odamlarga xavf tuğdirmaydigan joyda, uçar qurilmani nazoratdan qoçirmagan holatda amalga oşiriladi. 

Öyinçoq bilan aviamodelni adaştirmang, aviamodel - vazni 250 grammdan ortiq, parvozni avtonom boşqariş va navigatsiya funksiyasisiz, foto va videouskunalar bilan jihozlanmagan, öquv, sport hamda madaniy-ma'rifiy tadbirlarni ötkaziş, texnik ijod rivoji uçun möljallangan. Aviamodellar parvozi havo kemalari parvozi uçun maxsus hududlarda qonunçilikka muvofiq amalga oşiriladi. 

Öyinçoq va aviamodel tavsifiga tuşmagan har qanday havo kemasi dron, ya'ni uçuvçisiz uçar qurilma hisoblanadi. 

Dronlar ekspluatatsiyasini yölga qöyiş uçun dastlab radioelektron vositalaridan foydalanişga ruxsat oliş kerak böladi, zero dronlar bunday vositalar bilan jihozlangan böladi. 

Dronlar ekspluatatsiyasi Özbekiston Respublikasining parvozlar xavfsizligini nazorat qiliş böyiça Davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oşiriladi.