"Vikipediya" asoschisi o‘rta maktablar taqdiri xususida fikr bildirdi

Zamonaviy, an'anaviy ta'lim tizimi insonlarning sifatli bilim olishlariga imkon beruvchi talablarga javob berishi kerak. "Vikipediya" asoschisi Jimmi Ueyls EdCrunch 2016 anjumanida shunday fikrni bildirgan.
— Maktablar o‘quvchilarning life-long learning (umrbo‘yi yoki uzluksiz ta'lim olish) deb ataluvchi ta'lim olish jarayoniga ega bo‘lishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratishga harakat qilishi lozim. Masalan, 18 yoshli, o‘rtacha savodli fuqaro hayotida mustaqil o‘rganishni xohlaydi. Shu boisdan ham, uni yoshligidan o‘qishga, tadqiqotlar olib borishga, axborot sifatini baholashga o‘rgatish maqsadga muvofiq. Ayniqsa, turli xil, bir-biriga zid axborotlar dunyosida to‘g‘ri ma'lumotni ajrata olish juda muhimdir, — degan Ueyls.
Uning so‘zlariga ko‘ra, maktablarni noodatiy ta'lim bilan almashtirib bo‘lmaydi. "Kimdir maktablar o‘rnini ko‘plab onlayn kurslar egallaydi, degan fikrda. Biroq, men bu foyda beradi, deb o‘ylamayman. Kishini yo‘naltirish, uning xatosini topib, ularni tuzatishga ko‘maklashish avvalboshdan muhimdir. Bularni onlayn darslar taklif eta olmaydi", — deb e'tirof etgan.
Biroq, uning fikricha, zamonaviy texnologiyalar vositasida tezroq ta'lim olishga imkon beradi. "Agar, masalan, siz til o‘rganayotgan bo‘lsangiz, raqamli texnologiyalardan foydalanmaslik aqlsizlik bo‘lur edi. Bu ta'lim jarayonining uzviy qismidir. Albatta, buni ham onlayn tarzda amalga oshirish mumkin, biroq odamlar bilan bevosita muloqotda bo‘lish yaxshiroq", — degan "Vikipediya" asoschisi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya kansleri Rossiyaga qarshi yangi qattiq sanksiyalarni istisno etmadi
Jahon | 09:15
-
Tramp: Rubio Turkiyadagi Rossiya-Ukraina muzokaralarida ishtirok etadi
Jahon | 09:05
-
O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston | 09:00
-
Makron Rossiyaga o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasa, sanksiyalar bilan tahdid qildi
Jahon | 08:30
Mavzuga oid

16:57 / 14.04.2025
Islom taraqqiyot banki O‘zbekiston ta’lim tizimiga 40 million dollar grant ajratadi

14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?

18:06 / 19.02.2025
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi

15:15 / 14.02.2025