Amerikalik tennisçi Vinus Uilyams özi va singlisi  Serena WADA tomonidan taqiqlangan moddalar qabul qilgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

«Men öz tibbiy ma'lumotlarim xakerlar tomonidan oşkor qilib yuborilgani haqida bilganimda juda xafa böldim. Men hamişa tartiblarga rioya qilganman. Bu xususan, «davolaniş maqsadida qöllanadigan preparatlar»ga ham taalluqli», degan u.

«Xakerlar e'lon qilgan hisobot mustaqil şifokorlarning anonim guruhi tomonidan tibbiy maqsadlarda foydalaniş tavsiya qilingan vositalar keltirilgan. Men hamişa omma e'tiboridagi sportçi bölib kelganman va WADA, USADA, ITF hamda Tennis Anti-Doping Program me'yorlariga amal qilib kelganman», — deya Vinusning sözlarini keltirgan WTA Insider.

Bundan oldinroq, WADA aksildoping ma'lumotlar bazasi buzib kirilganini tasdiqlagani xabar qilingandi.