Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WADA aksildoping ma'lumotlar bazasi buzib kirilganini tasdiqladi
Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) Jahon aksildoping agentligidan (WADA) tashkilotning aksildoping ma'lumotlar bazasi buzib kirilganligi haqidagi xabarni olganini tasdiqladi. Bu haqida ITF vakili "R-Sport"ga ma'lum qildi.
"ITF WADA'dan tashkilotning aksildoping bazasi ADAMS'ning buzib kirilganligi haqida ma'lumot oldi va dori vositalarining davolash maqsadida qo‘llanilishiga izn beruvchi sertifikatlar nusxasi internetda joylashtirildi. Ma'lumotlar bazasini buzib kirishning ko‘lamini aniqlash maqsadida biz WADA bilan ish olib boryapmiz", - deyildi ITF'da.
13 sentabrda Rossiyaning Fancy Bear xakerlar guruhi WADA amerikalik tennischilar Serena va Vinus Uilyamslarga taqiqlangan dori vositalarini davolash maqsadida iste'mol qilishga ruxsat berganligi to‘g‘risidagi ma'lumotni chop etdi. Shuningdek 2016 yili to‘rt karra olimpiada chempioniga aylangan amerikalik gimnastikachi Simona Baylzning "ijobiy" doping test topshirgani, lekin o‘yinlardan chetlashtirilmagani aniqlangan.
WADA rossiyalik xakerlar guruhini ADAMS ma'lumotlar bazasiga noqonuniy buzib kirganlikda ayblamoqda.
"Jahon aksildoping agentligi bunday davomli kiberhujumlarni qoralaydi, zero ular WADA va doping bilan kurashuvchi global tizimni buzishga yo‘naltirilgan. WADA huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan barcha hujumlar Rossiyadan amalga oshirilayotgani haqida xabar olgan", - deydi tashkilotning bosh direktori Olive Niggli WADA rasmiy saytida.
Mavzuga oid
10:06 / 11.06.2026
AQSh AI tahdidlari sabab kiberxavfsizlik talablarini kuchaytirdi
16:48 / 06.03.2024
Boshog‘riq ma’lumotlar bazasi: yo‘q uyga soliq to‘laysan, uyingda begona odam propiskada
23:45 / 27.10.2021
Ukraina aksildoping agentligi rahbariyati mojarodan keyin iste'foga chiqdi
00:00 / 18.12.2020