Butunjahon dopinglarga qarşi WADA agentligi Fancy Bears xakerlar guruhi tomonidan internet tarmoğiga joylangan ikkinçi töplam hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqladi. 

Taşkilot saytida aytilişiça, "rus xakerlari 8 davlatning 25 sportçisiga oid maxfiy ma'lumotlarni oşkor qilişdi. Bu axborotlar ADAMS (Anti-Doping Administration and Management System — Dopingga qarşi ma'muriy va boşqaruv tizimi)"dan öğirlangan. 

Avvalroq, Amerika FQB ham AQŞ Demokratik partiyasi saytlarini buzib kirgan  Fancy Bears xakerlar guruhi Rossiya hukumat tuzilmalari, xususan Boş razvedka boşqarmasi bilan uzviy boğliq degan fikrlarni bildirgan edi. 

"Rossiyadan turib amalga oşirilayotgan kiberhujumlar, Rossiya dopingga qarşi dasturiga mos keladigan işlarni tiklaş jarayonini buzmoqda", — deya bayonot bergan WADA boş direktori Olive Niggli.

Xakerlar saytida e'lon qilingan ikkinçi töplam hujjatlarda taqiqlangan dorilarni iste'mol qilgan sportçilar röyxati keltirilgan. Unda, AQŞning 10 nafar sportçisi nomi keltirilgan. Bundan taşqari, Germaniya va Buyuk Britaniyadan beş nafar, Rossiya, Çexiya, Daniya, Polşa va Ruminiyadan bir nafardan sportçilarning ismi-şarifi keltirilgan. 

Röyxatda rossiyalik boksçi, Olimpiya sovrindori Mişa Aloyan nomi ham bor. Uning A doping namunasida tuaminogeptan stimulyatori aniqlangan. 3 metrlik tramplindan sinxron sakraş böyiça Rio-2016 kumuş medal sohibi bölgan amerikalik Sem Dormanda amfetamin aniqlangan. Bunda, şifokorlar taqiqlangan moddani davolaş uçun qöllaşgan. 2012 yilgi London Olimpiadasi çempioni, nemis sportçisi Robert Xarting namunasida deksametazon va triamtsinolon, daniyalik suzuvçi Pernille Blyumda terbutalin bölgani ma'lum qilingan.

Şuningdek, turli yillarda taqiqlangan moddalarni qöllagan sportçilar orasida taniqli tennisçi Petra Kvitova (Çexiya) va Betani Mattek-Sands (AQŞ), trekda jamoaviy ta'qib poygasida Rio-2016 yil çempioni britaniyalik Bredli Uiggins, uning vatandoşi Kristofer Frum, "Tur de Frans-2016" ğolibi, 4x100 masofaga kompleks suziş böyiça Rio Olimpiyasi çempioni amerikalik ayol Ketlin Beyker nomi ham bor.