AQŞning Nyu-York şahrida örnatilgan va internet tarmoğiga kiriş imkonini beruvçi LinkNYC kioskalari tarmoği, yangi qurilmalar uysizlar tomonidan egallab olingani töğrisidagi murojaatlardan söng, uzib qöyiladigan böldi. Biroq, mazkur qurilmalardan bepul qönğiroq va telefonlarni quvvatlaş uçun foydalaniş mumkin böladi. Bundan taşqari, ular vositasida Wi-Fi tarmoğiga ulaniş imkoni saqlab qolinadi, deyiladi kompaniya bayonotida. 

«Biz, ayrim foydalanuvçilarimiz Link ekranlarini egallab olişganini va ularni maqsadsiz ravişda qöllaşini bilamiz», — deya xabar qilgan LinkNYC.

The Guardian naşrining yozişiça, terminallardan eng faol foydalanayotganlar orasida uysizlar köpçilikni taşkil etadi. Ular mazkur kioskalarda telefonlarini quvvatlab, musiqiy videokliplar tomoşa qilişgan. Bundan taşqari, naşrning qayd etişiça, mazkur terminallardan şahvoniy saytlarga ham kirilgan.