Özbekiston Rossiyaga Bojxona xizmati va Rossiyaning veterinar va sanitar nazorat böyiça Federal xizmati («Rosselxoznadzor») yönalişida kelişuv tuzib, bojxona va fitosanitariya hujjatlarini rasmiylaştirişni soddalaştiruvçi «yaşil yölak» deb nomlanuvçi jarayonni amalga oşirişni taklif qildi. Bu fikrni 14 sentabr kuni Özbekiston boş vazirining birinçi örinbosari Rustam Azimov Rossiya qişloq xöjaligi vaziri Aleksandr Tkaçev bilan uçraşuvi çoğida bildirgan.

Rossiya qişloq xöjalik vazirligi matbuot xizmati tomonidan xabar qilinişiça, tomonlar agrosanoat sohasida ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilişgan.

Qişloq xöjalik vaziri joriy yilda ikki mamlakatning özaro hamkorligi natijasida Özbekistonda yetiştirilgan qişloq xöjalik mahsulotlarining Rossiya bozoriga yetkazib berilişi hajmi ikki baravardan ham oşganini ma'lum qilgan. Şu bilan birga tomonlar özbek meva-sabzavotlarining Rossiya hududiga yetkazilişi hajmi oşirilişidagi mavjud bir qator tösiqlar mavjudligini ham e'tirof etişgan.

Xabarda ta'kidlanişiça, Özbekiston delegatsiyasi Rossiya Bojxona xizmati va «Rosselxoznadzor» yönalişida kelişuv tuzib, bojxona va fitosanitariya hujjatlarini rasmiylaştirişni soddalaştiruvçi «yaşil yölak» deb nomlanuvçi jarayonni amalga oşirişni taklif qilgan.

Tomonlar barça sohalardagi muammolarni hal qilişda özaro faol hamkorlik qilişga tayyorliklarini bildirişgan.