Rossiyaning Rosselxoznadzor taşkiloti 2024 yilda oltita davlatda qişloq xöjaligi uruğlarini sinovdan ötkazuvçi laboratoriyalar auditini ötkazişni rejalaştirdi. Taşkilot rahbari Sergey Dankvert sözlariga köra, bular Çili, Ozarboyjon, Tailand, Turkiya, Argentina va Özbekiston.
«Taşkilot «Uruğçilik töğrisida»gi qonun kuçga kirganligi töğrisida Rossiyaga uruğlik yetkazib beruvçi 108 davlatni xabardor qildi», dedi Dankvert.
Qonun uruğ yetkazib beruvçi mamlakatlardagi laboratoriyalarning Rossiya qonunçiligiga muvofiqligini tasdiqlaş uçun audit ötkazişni nazarda tutadi. 2024 yil 1 sentabrdan boşlab laboratoriyalari auditdan ötmagan mamlakatlardan uruğlik va köçat materiallarini olib kiriş taqiqlanadi.
Töqqiz mamlakatdagi 33 ta uruğlik sinov laboratoriyalarida audit allaqaçon ötkazilgan. Bular Janubiy Koreya, Serbiya, Isroil, Meksika, Çexiya, Moldova, Braziliya, Vengriya, Fransiya.
Bundan taşqari, 26 davlat Rosselxoznadzor tomonidan söralgan ma’lumotlarni taqdim etgan. Ular orasida, xususan, Argentina, Braziliya, Vengriya, Misr, Isroil, Indoneziya, Iordaniya, Kanada, Qatar, Xitoy, Turkiya, Özbekiston, Fransiya, Çili, Şveytsariya va boşqalar bor.
Tört davlat audit ötkazişdan boş tortgan: Abxaziya, Boliviya va Tojikistonda uruğlik sinov laboratoriyalari yöq, Qatar rad etişni uruğlik ta’minoti yöqligi bilan izohlagan.

















