AQŞ va boşqa bir neça mamlakatlarda Apple'ning yangi smartfoni sotuvlari boşlandi. iPhone 7 va iPhone Plus'ning boşlanğiç narxlari 649 va 769 dollarni taşkil etmoqda.
Yangi qurilma taqdimoti 7 sentabr kuni San-Frantsiskoda bölib ötdi. Qurilma taşqi köriniş jihatidan avvalgilaridan katta farq qilmaydi, biroq Apple qurilmasiga yangi - Jet Black (tim qora) rangi qöşilgan. Texnologik jihatdan esa odatiy quloqçinlar ulanadigan joyning yöqligi diqqatni tortadi. Smartfonlar yangi zamonaviy protsessorlar va ixçam akkumulyatorlarga ega.
AQŞda iPhone 7 sotuvi 9 sentabrdanoq yölga qöyilgan. Keyinçalik ma'lum bölişiça, ba'zi modifikatsiyalar boşlanğiç bosqiçning özidayoq tamom bölgan. Yangi rangda işlab çiqarilgan iPhone 7 Plus va iPhone 7 dökonlarga yetkazilgunga qadar sotilib bölingan. Biroq şunga qaramay, yangi qurilmaga talab juda katta, deb bölmaydi. Muammo ularning boşqalarga qaraganda kamroq işlab çiqarilganida ham bölişi mumkin.

Apple kompaniyasining yangi qurilmalari sotuviga start berilişi bilanoq, uni xarid qiliş niyatida navbat poylaydiganlar doim juda köpçilikni taşkil qiladi, ba'zilar hattoki bir neça kunlab navbat poylaşadi.
Apple kompaniyasi Jet Black rangidagi iPhone 7 Plus va iPhone 7 qurilmalarini dökonlarda bölmasligidan payşanba kuniyoq ogohlantirgani haqida Mashable portali ma'lum qilgan. Bu köpçilikning kayfiyatini tuşirib yubordi, zero odamlar aynan yangi rangdagi qurilmani xarid qiliş uçun boşqa mamlakatlardan taşrif buyurib, bir neça kunlab navbat poylaşgan.
Dökon xodimlari yuzaga kelgan vaziyat uçun uzr söragan holda, aynan şu modelni sörab kelganlarga Apple Store'ning sovğa kartasini taklif qilişgan.












