Jahon meteorologiya taşkilotining (JMT) ekspertlar qömitasi ikki rekordni qayd etdi: eng uzun çaqmoq 300 kilometrdan ortiqni taşkil qilgan bölib, u 2007 yilda Oklaxomada (AQŞ) kuzatilgan, eng davomiy çaqmoq esa - 7,7 soniyadan ortiq bölib, u 2012 yilning 30 avgustida Fransiyaning janubidagi Provans - Alp - Moviy qirğoq hududida qayd qilingan. Bu haqida payşanba kuni Jyenevada BMTning maxsus muassasasi hisoblangan JMTda ma'lum qilindi.
"2007 yilda Oklaxomada kuzatilgan çaqmoq 321 kilometrli gorizontal masofani qoplab olgan, 2012 yilgi Fransiyaning janubidagi çaqmoq esa 7,74 soniya davom etgan - buni JMTning baholaş qömitasi aniqlagan", - deyilgan ma'lumotda. JMTda çaqmoqlar "favqulodda meteorologik va iqlimiy hodisalarning rasmiy arxiviga ilk marta kiritilgani" ta'kidlandi. Unda issiq, sovuq, şamol, yomğir tezligi va boşqa ob-havo fenomenlariga doir rekordlar röyxatdan ötkaziladi.
JMT boş direktori Petteri Taalasning aytişiça, "çaqmoq - har yili köplab insonlarning hayotiga zomin böladigan eng yirik tabiiy xavf". Bunday favqulodda hodisalar monitoringini yaxşilaş "aholining havfsizligini yaxşilaşga yordam beradi", deb hisoblaydi u. Eng uzun va eng davomiy çaqmoqni masofali texnik uskunalarning yaxşilanişi tufayli aniqlaş mumkin böldi.
JMTning rekord çaqmoqlarni röyxatdan ötkaziş masalasini hal qilgan ekspertlar qömitasi tarkibi AQŞ, Fransiya, Ispaniya, Xitoy, Marokaş, Argentina va Buyuk Britaniya mutaxassislaridan iborat.












