Italiya-AQŞ konserni Fiat Chrysler butun dunyo böylab 1,9 mln maşinasini qaytarib olişini ma'lum qildi.
Ma'lum qilinişiça, kompaniya ba'zi avariyalarda xavfsizlik yostiqçasi va xavfsizlik kamari tortgiçi işlamay qolişi mumkin bölgan nuqson sababli şunday qilişga majbur bölmoqda.
Kontsern 2010-2014 yillarda işlab çiqarilgan Chrysler Sebring, Chrysler Cirrus, Chrysler 200, Dodge Caliber, Dodge Avenger, Lancia Flavia, Jeep Patriot va Jeep Compass modellarini qaytarib olmoqda.
Fiat maşinalarning qaytarib olinişi boşlanişi sanasini ma'lum qilmadi.

















