Fiat Chrysler (FCA) konserni va Peugeot, Citroen hamda Opel avtomobil brendlarini birlaştiruvçi PSA fransuz guruhi avval e'lon qilingan birlaşiş haqidagi kelişuvni imzoladi. Bu haqda PSA saytidagi bayonotda ma'lum qilingan.
Avvalroq kompaniyalar 50/50 şaklida töliq birlaşiş ustida işlaşga kelişib olgani ma'lum bölgandi. Birlaşiş amalga oşirilgaç, ikki konsern aksiyadorlari yangi kompaniyaning 50 foizdan aksiyalarini olişadi. Yangi kompaniyaga PSA boş direktori Karlos Tavares rahbarlik qiladi. Fiat Chrysler boşqaruv raisi Jon Elkan esa kompaniyaning direktor kengaşi raisi böladi.
Ikki tomonga yangi avtomobil modellarini işlab çiqiş va maşinalar işlab çiqariş xarajatlarini qisqartirişga imkon beradigan kelişuv 12-15 oyda amalga oşirilişi taxmin qilinmoqda. Ikki konsernning birlaşişi natijasida bozorda 48 mlrd dollarlik kapitallaşuv va yiliga 190 mlrd dollarlik tuşumga ega avtogigant paydo bölişi kutilmoqda. Yiliga 8,7 mln dona maşina işlab çiqarilişi esa uşbu kompaniyani Volkswagen, Toyota va Renault-Nissan’dan keyin 4-raqamli kompaniyaga aylantiradi.

















