“Özbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyatida mustaqillik yillarida mamlakatimiz yengil sanoat tarmoğida erişilgan yutuqlarga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Mustaqillik yillarida “Özbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalari tomonidan qiymati 31 trillion sömdan ziyod sanoat mahsulotlari, 13 trillion sömdan ortiq xalq iste'mol tovarlari işlab çiqarildi.
Mahsulotlarni eksport qilişga ham alohida e'tibor qaratilayotir. Mustaqilligimizning dastlabki yillarida qiymati 7 million dollarlik töqimaçilik va trikotaj mahsulotlari eksport qilingan bölsa, 2015 yilda eksportga 1 milliard dollardan ziyod mahsulot yetkazib berildi. Jamiyat tarkibiga kiradigan eksportçi korxonalar soni 260 dan oşdi, eksport qilayotgan mahsulotlar tarkibiga bambukli, modal va aralaş kalava, jakkard va ringel mato, tayyor tikuvçilik-trikotaj buyumlari kiritildi. Ötgan yil yakunlariga köra, umumiy eksport hajmida yuqori qöşimça qiymatga ega tovarlar uluşi 32,2 foizni taşkil qildi va bu körsatkiç muntazam ösmoqda.
Ayni paytda Özbekistonda tayyorlanayotgan töqimaçilik mahsulotlari Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Qozoğiston kabi dunyoning 50 dan ortiq davlatiga eksport qilinmoqda. Taşqi savdo bozorlarini diversifikatsiya qiliş, eksport qilinadigan tovarlar turini kengaytiriş maqsadida soha korxonalari xalqaro ixtisoslaştirilgan körgazma-yarmarkalarda faol iştirok etayotir.
Özlaştirilgan investitsiyalar hajmi ham Özbekiston yengil sanoatining yuksak salohiyatga ega ekanidan dalolat beradi. 1995 yildan buyon sohaga qiymati 2 milliard AQŞ dollaridan ortiq çet el investitsiyasi jalb etildi. Sönggi yillarda Germaniya, Şveytsariya, Italiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Turkiya, AQŞ, Hindiston va boşqa mamlakatlar sarmoyadorlari iştirokida 200 dan ortiq loyiha amalga oşirildi. Barça turdagi töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqariş imkonini beradigan zamonaviy korxonalar işga tuşirildi.
2015 yilda 41,4 ming tonna kalava, 6,6 ming tonna trikotaj mato, 38 million juft paypoq buyumlari, 16 millionta tayyor buyum, 3,3 million kvadrat metrdan ziyod gilam mahsulotlari va 400 ta tikuvçilik maşinasi işlab çiqaradigan 33 yangi korxona foydalanişga topşirildi. Loyihalar umumiy qiymati 170 million AQŞ dollaridan oşdi. 2,6 mingdan ortiq yangi iş örinlari taşkil etildi.
Matbuot anjumanida 2020 yilga qadar yengil sanoat sohasida qiymati 1 milliard dollardan ortiq oltmişdan ziyod loyihani hayotga tatbiq etiş rejalaştirilayotgani ma'lum qilindi. 2015-2020 yillarda töqimaçilik va yengil sanoatni rivojlantiriş dasturining amalga oşirilişi soha eksport salohiyatini qariyb 2 barobar oşirib, 13 mingdan ortiq yangi iş örni taşkil etiş imkonini beradi.
















