Koreyaning yirik töqimaçilik korxonalari “Posco Daewoo”, “Color Paradise”, “Solsang International Corp.”, “RATEL E&T Co, Ltd”, şuningdek “Lotte Marte”savdo tarmoği rahbarlari bilan 2017-2018 yillarda Özbekistonda töqimaçilik mahsulotlarini eksport qiliş böyiça 70 mln.dollar miqdoridagi şartnomalar imzolandi. 

“Özbekengilsanoat” AJ​ axborot xizmati bergan ma'lumotda aytilişiça, koreyalik tadbirkorlarga “UzTex” kompaniyasining hamda “Osborn” töqimaçilik mahsulotlari juda yoqqan. Şuningdek, ular “Bofondo” va “Bonito” brendi ostida çiqadigan jinsi va töqimaçilik mahsulotlarini yuqori baholaşgan.

Özbekiston delegatsiyasi va Koreya Respublikasi Xalqaro savdo Assotsiatsiyasi va Milliy elektron savdo maydonçasi rahbariyati bilan bölib ötgan uçraşuv doirasida 2017-2018 yillarda Özbekiston töqimaçilik mahsulotlarini “KOREA Trade” elektron savdo maydonçasida sotiş böyiça özaro hamkorlikdagi şartnomalar imzolangan. Endi Özbekistoning Koreya Respublikasidagi korxonalari va Koreyaning import va transport bilan şuğullanadigan korxonalari bojxona hujjatlarini elektron şaklda töldirişlari mumkin. 

Bir yil davomida 2 mlrd dollar miqdoridagi brend mahsulotlarni işlab çiqarayotgan hamda bugungi kunda Bangladeş, Vetnam, XXR, San-Salvadordagi işlab çiqariş korxonalari orqali 90 million ortiq  kişini iş bilan ta'minlagan “Youngone Corparation” rahbarlari bilan uçraşuv ötkazilgan. Uçraşuv doirasida Toşkent viloyati Böka tumanida rangçilik va tikuvçilik işlab çiqariş korxonasini quriş borasida loyiha va Samarqand şahridagi  dizaynerlik öquv markazi bilan tikuvçilik mahsulotlarini işlab çiqariş, Samarqand şahridagi “El merosi” madaniyat markazining faoliyatidagi ijtimoiy loyihalarni amalga oşirilişini qöllab-quvvatlaş borasida şartnomalar imzolangan.

“Youngone Corparation” kompaniyasi tomonidan jalb qilinadigan töğridan-töğri investitsiyalarning umumiy miqdori 20 million dollarni taşkil qiladi.

Yana bir omadli ötgan muzokaralardan biri “Daewon Co Contavil” (Koreya va Vetnamda yirik jun va yarim jun matolarini işlab çiqaradigan korxona) va “Samwon Ind Co., Ltd” kompaniyalari rahbarlari bilan bölib ötgan.

Uçraşuv doirasida Özbekistonda bosqiçma-bosqiç töqimaçilik sanoati uçun böyoqlar va kimyoviy mahsulotlar işlab çiqariş va maktab formalari, köylakbop hamda boşqa turdagi matolar işlab çiqariş böyiça özaro manfaatli şartnomalar imzolangan.

“Daewon” kompaniyasi esa “IVYclub”ning xususiy brendidagi maktab formalari körgazmasini ötkazgan.

“Özbekengilsanoat” davlat aksiyadorlik jamiyati Koreya Respublikasida  umumiy miqdori 30 mln. dollardan ortiq  bölgan 7ta investitsion qöşma loyihalar imzolaşni rejalaştirgan.