24 oktabr kuni 13-Xalqaro özbek paxta va tekstili yarmarkasiga start berildi. Tadbir doirasida Jahon banki guruhining a'zosi bölmiş Xalqaro moliya korporatsiyasi Özbekistonda paxta tolasini barqaror ravişda yetiştirişni rivojlantiriş böyiça öz loyihasining dastlabki natijalarini bozor iştirokçilariga taqdim etdi. Loyiha Vengriya hukumatining moliyaviy kömagida amalga oşirilmoqda.
Dastlabki 7 oy mobaynida loyiha doirasida fermer xöjaliklarida paxtani barqaror ravişda yetiştiriş standart tizimini joriy etiş uçun infratuzilma işlab çiqildi va u sinov tariqasida joriy etildi.
Şuningdek, qişloq xöjaligi texnologiyalari diagnostikasi amalga oşirildi. Paxtaçilik samaradorligini oşiriş va mexanizatsiyalaşni joriy etiş böyiça tavsiyalar işlab çiqildi.
Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirligi, "Özbekengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Kasaba uyuşmalari federatsiyasi hamkorligida XMK butun mamlakat böylab paxtani barqaror ravişda yetiştiriş standartlari tizimini joriy etişda davom etadi.
Tanzila Norboyeva, Özbekiston boş vaziri örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi:
"Xalqaro moliya korporatsiyasining mazkur loyihasi Özbekiston hukumatining paxta tolasini yetiştirişda va hosilni terib olişda strategik vazifalarni amalga oşirişiga yordam beradi. Loyiha tufayli Özbekiston paxtaçilikda ilğor amaliyotlarni sinab köradi va natijada, fermerlar va töqimaçilik korxonalarining qisqa muddatlarda xalqaro standartlarga javob beriş imkoni paydo böladi".
Ilhom Xaydarov, "Özbekengilsanoat" aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi:
"Özbekiston töqimaçilik sanoatini rivojlantiriş dasturiga muvofiq, 2020 yilga qadar
korxonalarning salohiyati respublikada yetiştirilayotgan paxta tolasini töliq qayta işlaşga imkon beradi. Töqimaçilik mahsulotlarini qabul qilingan xalqaro standartlarga muvofiq işlab çiqariş bilan bir qatorda paxta xom aşyosini barqaror ravişda yetiştiriş ham muhim ahamiyatga ega. Fermerlar bilan birgalikda paxtani töqimaçilik korxonalari uçun işlab çiqariş özbek mahsulotlarini yirik xalqaro bozorlariga kirib borişiga yordam beradi".
Tatyana Lozanskaya, XMKning sanoat, qişloq xöjaligi va xizmat körsatiş sohalaridagi konsalting xizmatlari rahbari:
"Xususiy sektorning barqaror ravişda rivojlanişga kömaklaşiş
XMKning strategik maqsadi hisoblanadi. Özbekistonda paxtaçilik sohasini rivojlantirişga qaratilgan loyihamiz Özbekiston xususiy sektorining mamlakat iqtisodiyotidagi rolini oşirişga yönaltirilgan jarayonlarni jadallaştiradi. Paxtani yetiştirişda ilğor tajribalarni joriy etiş, şuningdek, özbek paxta tolasi va töqimaçilik mahsulotlarining global raqobatbardoşligini

















