5 iyul kuni «Özbekengilsanoat» AJ tomonidan jurnalistlar uçun matbuot anjumani ötkazildi. 2017-2019 yillarda respublikada yengil sanoatni rivojlantiriş dasturiga asosan, 132 ta investitsion loyiha amalga oşirilişi közda tutilgan. Dasturning umumiy investitsion qiymati 2,2 mlrd. dollarni taşkil etadi. Bu haqida Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Loyihalardan biri hisoblangan 9 ta töqimaçilik korxonasi Namangan (3 ta loyiha), Surxondaryo (2 ta loyiha), Qoraqolpoğiston Respublikasi, Jizzax, Qaşqadaryo va Xorazm (1 ta loyihadan) viloyatlarida işga tuşirildi.
Hozirda «Özbekengilsanoat» AJ tarkibiga 450 dan ziyod töqimaçilik, tikuv-trikotaj korxonasi kiradi. Şularning 30 foizdan köproği xorijiy kapital iştirokidagi korxonalar hisoblanadi.
Özbekistonda töqimaçilik mahsulotlarini işlab çiqarişning barqaror ösiş hajmi ta'minlanmoqda, jumladan, yillik ip kalava işlab çiqariş hajmi 590 ming tonnadan ortiq, ip gazlama işlab çiqariş 485 mln.kv.m, trikotoj matolar 103 ming tonna, tayyor mahsulotlar 660 mln. dona va paypoq mahsulotlari 132 mln. juftni taşkil etadi.
Taşqi bozorga haridorgir tayyor mahsulotlarni olib çiqiş maqsadida sun'iy töqimaçilik xomaşyosi (sintetik iplar va aralaş gazlamalar) aralaştirilgan holda işlab çiqariş böyiça loyihalar Buxoro, Jizzax, Qaşqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo va Farğona viloyatlarida amalga oşirilmoqda.
Bundan taşqari, umumiy qiymati 600 mln. dollardan ziyodni taşkil etadigan 58 dan ortiq qöşimça loyiha ham mavjud.
Qişloq joylarida va respublikaning iş örinlariga talab yuqori bölgan hududlarida qöşimça 27 mingta yangi iş örni yaratiş maqsad qilingan.
















