Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi, boş vazir Şavkat Mirziyoyev 2016 yil 16 sentabrda joylarda sanoat, qişloq xöjaligi va ijtimoiy sohalardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borişi bilan tanişiş maqsadida Jizzax viloyatiga taşrif buyurdi.
Hukumat rahbari Mirziyoyev Jizzax viloyatiga safari çoğida Jizzax şahri, Paxtakor, Zafarobod, va Döstlik tumanlariga borgan. Şavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati faollari bilan uçraşib, sanoatni rivojlantiriş, paxta hosilini yiğib oliş va yiğim-terim mavsumini köngildagidek ötkaziş masalalarini muhokama qilgan.
Şuningdek, Özbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvçi, boş vazir Şavkat Mirziyoyev, Jizzax şahri xalq deputatlari sessiyasida iştirok etgan. Unda, taşkiliy masala körilgan. Öz vazifasini bajarişda nuqsonlarga yöl qöygani uçun şahar hokimi Asror Qobilov öz vazifasidan ozod etilgan.
Jizzax şahri xalq deputatlari Şavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan, avvalroq Toşkent şahri hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Abduqahhor Töxtayevni Jizzax şahar hokimi vazifasiga tasdiqlaşgan.
Şu kuni boşqa taşkiliy masalalar ham körilgan. Xususan, mehnat faoliyatida kamçiliklarga yöl qöygani bois, Jizzax viloyati prokurori Şuhrat Akbarov hamda qator tuman hokimlari lavozimidan ozod etilgan.
Jizzax viloyati rahbariyati oldiga mavjud kamçiliklarga barham beriş, barça sohalarni rivojlantiriş böyiça amalga oşirilişi lozim bölgan istiqboldagi dolzarb vazifalar aniqlab olingan.
Manba: Uzreport.uz

















