2016 yil 16 sentabr, juma kuni Qirğiz Respublikasi poytaxti Bişkek şahrida Mustaqil Davlatlar Hamdöstligining 25-yubiley sammiti bölib ötdi. Biroq, unda xalqaro taşkilotning 25-yilligini nişonlaş hamda uni isloh qiliş masalalarini muhokama etiş uçun unga a'zo bölgan 11 davlat rahbarlarining barçasi ham qatnaşgani yöq. 

Şu bilan birga, Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning sammitda iştirok etmagani rus-ukrain keskinligi mavjudligini anjuman qatnaşçilariga eslatib qöyişga tösqinlik qilmadi. 

Qayd etiş joizki, Bişkek şahri Hamdöstlikning çorak asrlik tarixida uçinçi marotaba uning sammitiga mezbonlik qildi. Mazkur anjumanni ötkaziş uçun şaharda jiddiy tayyorgarlik işlari olib borildi. «Ala-Arça» davlat qarorgohida ötov şaklida maxsus bino barpo etildi. U yerga yuzlab kilogramm qazi va losos göştlari, önlab kilogramm kamalak tusli forel va boşqa tansiq taomlar keltirildi. 

Qançalik jiddiy tayyorgarlik körilmasin va harakat qilinmasin, sammitni öz vaqtida boşlaşning imkoni bölmadi. Bunga, Vladimir Putinning yetib kelişi keçikkani sabab böldi.  Uç mamlakat rahbarlari esa, sammitga öz vakillarini yubordi. 

Ukraina, Turkmaniston va Moldova rahbarlari odatdagidek, anjumanda qatnaşişdan boş tortişdi. Ukraina nomidan mamlakatning Qirğizistondagi elçisi iştirok etgan bölsa, Turkmanistondan boş vazir örinbosari taşrif buyurgan. MDHning yubiley sammitida Moldova boş vaziri iştirok etdi. 

Bundan taşqari, Moldova prezidenti anjumanda iştirok etmagani barobarida, rasmiy Kişinyov MDHning 2017 yilgi raislik qilişdan ham boş tortdi. Respublika byudjyetida xalqaro anjumanlar ötkaziş uçun yetarli mablağlar mavjud emasligi vaj qilingan. Şu sabab, estafetani Moskva qabul qilib oldi. Bu ham aslida Hamdöstlik tarixida birinçi bor kuzatilayotgan hodisa emas. 2014 yili Ukraina mamlakat janubi-şarqida boşlanib ketgan fuqarolik uruşi sabab sammitni ötkaza olmagan, öşanda Belarus Kiyev ma'muriyati joniga oro bölgandi. 

Şuni ham alohida uqdiriş lozimki, Ukraina va Turkmaniston şu paytga qadar Hamdöstlik nizomini imzolagani va tasdiqlagani yöq. Şunga köra, aslida bu mamlakatlar huquqiy jihatdan MDH a'zolari hisoblanmaydi. Rasmiy Kiyev bu borada öz maqomini muhokama ham etmaydi va a'zolik badallarini ham tölamaydi. 

Özbekiston rahbarining iştirok etmasligini esa töğri tuşuniş mumkin. Sammitda, Özbekiston prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev örniga taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov qatnaşgan. Respublikada prezidentlik saylovlariga jiddiy tayyorgarlik körilmoqda.