2016 yilning 16 sentabr kuni Bişkek şahrida Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Kamilov boşçiligidagi delegatsiya Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Ş.M.Mirziyoyev topşiriğiga binoan Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Davlat rahbarlari kengaşining (DRK) navbatdagi majlisida iştirok etdi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Majlisda MDH doirasidagi köp tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va rivojlaniş istiqbollari muhokama qilindi hamda xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşildi.

Majlis yakuniga köra MDHning 25 yilligi munosabati bilan, xalqaro terrorizmga qarşi birgalikda kuraşiş töğrisida va BMT Boş assambleyasining butun jahon narkotik muammosi böyiça Maxsus sessiyasi yakunlari böyiça bayonotlar qabul qilindi, şuningdek MDHning zamonaviy voqe'likka moslaşişi töğrisidagi qaror, Terrorizm va ekstremizmning boşqa zöravonlik körinişlariga qarşi kuraşişda MDH iştirokçi davlatlarining 2017-2019 yillarga möljallangan hamkorlik dasturi hamda kun tartibiga kiritilgan boşqa hujjatlar imzolandi.

MDHning navbatdagi Sammiti 2017 yili Hamdöstlik raisligini qabul qiladigan Rossiyada bölib ötadi.