Çeçeniston rahbari vazifasini bajaruvçi Ramzan Qodirovning bayonot berişiça, respublika 2018 yilgi futbol böyiça jahon çempionati guruh bosqiçi öyinlarini Kavkazda ötkaziş imkoniyati uçun kuraşiş niyatida. 

«Mutko bu masalada qat'iy qaraşda. Men u bilan boşidayoq gaplaşganman. Imkonlar bor, heç bölmasa bitta öyinni Kavkazda, xususan Çeçenistonda ötkazişlari uçun kuraşamiz. Buning uçun bizda barça şaroitlar mavjud», — deya Qodirov sözlarini keltiradi TASS agentligi.

JÇ-2018 öyinlari 2018 yil 14 iyunidan 15 iyuligaça Rossiyaning 11ta şahridagi 12ta stadionda bölib ötişi rejalaştirilmoqda. Bular: Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Nijniy Novgorod, Saransk, Kaliningrad, Volgograd, Yekaterinburg, Samara, Soçi va Rostov şaharlaridir.