Iş vaqtida uyqu kelib qolişi barçaga yaxşi taniş bölsa kerak. Şunday paytlar böladiki, iş paytida közlaringiz özingizga böysunmay yopilib ketadi, miya har qanday vazifani rad etadi. Afsuski, iş beruvçilarning hammasi ham bu vaziyatni töğri baholamaydi: ular ovozlarini baland kötarib, xodimning maoşini qisqartirişni aytib, tahdid qilişlari heç gap emas. Xöş, bunday vaziyatda uyqu bilan kuraşiş uçun nimalar qiliş lozim?
Sovuq suv

Qahva emas, aynan sovuq suv (muz qöşilgan bölsa yanada yaxşi) sizni ança tetiklaştiradi. Bundan taşqari sovuq suv organizmni yetarli regidratsiya bilan ta'minlaydi va metabolizm tezligini oşiradi.
Özingizni işontiring

Fikrlaş kuçi mö'jizalarga qodir. Uyqu haqidagi öylarga berilişning örniga özingizni kuç-quvvatga töla ekanligingiz va işlaş istagida yonayotganligingizga işontiring. Töğri, bu biroz ğalati eşitilişi mumkin, lekin siz urinib köring va bu usulning foyda berişiga işonç hosil qiling.
Meditatsiya

Meditatsiyani eng yaxşi tetiklaştiruvçi vositalardan biri, deb ataşimiz mumkin. 15 daqiqalik töğri nafas oliş maşqlari miyaga dam beriş, organizmni kislorod bilan töyintiriş va iş jarayonida diqqatni jamlaş uçun yetarli böladi.
Yalpizli konfetlar

Yalpiz ta'mi tetiklaştiriş xususiyatiga ega. Muhim işni bajarayotgan paytingizda yalpizli konfet yoki saqiçni oğzingizga solib oling, şunda çarçoq hamda dangasalikning ortga çekinişiga guvoh bölasiz.













