Dunyoning köplab mamlakatlari barça zamonlarda özining millat qahramonlariga ega bölgan. Millat qahramonlari öz fidoyiligi va jasurligi bilan xalqning yuragidan joy olgan. Zero, ular heç qaçon unutilmaydilar, xalq esa ularning qilgan mehnatlarini qadrlab, boşlab qöygan işlarini davom ettiradi. Şu ma'noda aytganimizda, Islom Karimov ham ana şunday buyuk şaxslardan biri sanaladi.
Davlat boşqaruvini esa biror kasb yoki hunar bilan soliştirib bölmaydi. Sababi, unda xalqingni kelajagini, yon atrofingdagi safsatabozlarni, “qopağon it”larni öylab, keçalarni bedor ötkazişing, soğliğingni yöqotişing mumkin. Lekin bu sening vazifang. Xalq senga işondi, millionlab bolalarning kelajagi va orzu umidlari sen bilan boğliq. Mamlakatimizning birinçi Prezidenti bu vazifani mukammal ado etdi, öz vazifasiga mas'uliyat bilan yondoşa oldi.
Yangi tuğilgan gödak uç yoşgaça tez-tez şamollaydi, köça-köyda qoqilib tuşaveradi. Qisqaça qilib aytganda, taşqi ta'sirlarga moyillik yoki immun tizimi kuçsiz böladi. Davlat ham ana şu gödak kabi ulğayadi. Kuni keça bayram qilingan Mustaqilligimizning 25 yilligiga ham oson erişilgani yöq. Istiqlol davrida mamlakatimiz rahbari va u bilan yelkama-yelka turgan mas'ullar turli ğov va tösiqlardan yurtimizni eson-omon olib ötişdi. Natijada immun tizimi kuçaydi, ulğaygan mamlakatga “qopağon itlar” ham yaqinlaşişga qörqadigan bölişdi. Buning ortida oz mehnat yotgani yöq.
Hozir mamlakatimiz aholisi örtasida muhokama qilinayotgan mavzu bu yangi prezident sifatida kimning saylanişi bölib qoldi. Bunga asosiy sabab, “itlar” tinimsiz akillab, tinç aholi yuragida qörquv hissini paydo qilişga urinişayotganidir (ularning asosiy maqsadi ham şu özi). Bizdan minglab çaqirim uzoqda turgan çala siyosatçilar kallasidagi törtta-beşta suvarakning ğimir-ğimiridan kelib çiqib bizga qanday yaşaşimiz kerakligini, nimalarga e'tibor berişimiz lozimligini uqtirişmoqda. Ey yurtfuruş, bir boşinga bir joyda qönim topolmaysan-ku, yurt taqdirini öylaşni senga kim qöyibdi?
Bugun odamlarning tilidagi nomzodlarning barçasi xalq orasidan çiqqan, xalqning özi saylagan, keçani keça, kunduzni kunduz demay şu Özbekiston rivoji uçun mehnat qilayotgan şaxslardir. Ular haqida kuni keça bilgan odamlar bugun ijtimoiy tarmoqlarda ularning faoliyatini bir biri bilan soliştirib – xorijning norasmiy matbuoti orqali e'lon qilingan ma'lumotlardan xulosa çiqarib, munosabat bildirişmoqda. Aslida öylab köring, marhum Prezidentimiz bilan yelkama-yelka turib işlagan, mamlakatimiz rivojiga ulkan hissa qöşgan şaxslarni bugun kimlarningdir noğorasiga öynab, muhokama qilişimiz töğrimi?
Kuni keça, Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 4 dekabr kuni prezidentlik saylov ötkazilişi e'lon qilindi. Nasib etsa, saylovda xalqning özi öziga ma'qul nomzodni saylaydi.











