Namangan viloyati Kosonsoy tumanida va Toşkent şahrida yaşovçi ikki nafar şaxs Yangiyer şahrida qurilişi rejalaştirilgan masjid uçun oçilgan bank kartasidagi pullarni özlaştirgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, Sirdaryo viloyati Yangiyer şahrida yaşovçi M.S. IIBga ariza bilan murojaat qilib, şaharda qurilişi rejalaştirilgan jome masjid uçun oçilgan bank kartasidagi pullarni özlaştirgan şaxsga qonuniy çora körişni söragan.

Uning arizasiga köra, masjid qurilişi uçun oçilgan bank kartasi ma’lumotlarini ehson qiluvçilarga tarqatiş uçun Telegramʼda e’lon qoldirgan.

Şundan söng özini Rossiyada işlovçi ayol sifatida taniştirgan şaxs 150 dollar ehson qilmoqçi ekanini bildirib, bank karta boşqaruvi uçun kelgan SMS-xabarni qölga kiritiş orqali kartadagi 73,4 mln söm pullarni özlaştirib olgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, uşbu jinoyatni Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yaşovçi E.A. va uning jinoiy şerigi Toşkent şahar Sergeli tumanida yaşovçi N.J. sodir etgani aniqlangan.

Qayd etilişiça, masjid pullarini özlaştirgan şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.