Marğilondagi qadimiy Xöja Porso jome masjidi nega buzib taşlandi?
|21:01 / 21.10.202119 9388 min
Moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlari milliy röyxatiga kiritilgan qadimiy Xöja Porso jome masjidi buzib taşlandi. Kun.uz muxbiri Marğilonda bölib, bahsli holat yuzasidan mahalla fuqarolari va rasmiylar bilan suhbatlaşdi.
Avvalo ta'kidlaş kerak, ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarda ayrimlar tarixiy yodgorlik buzib yuborilganini keskin qoralagan bölsa, yana kimlardir masjid yaroqsiz holatga kelib qolgani, uning örnida zamonaviy masjid qurilişi töğri ekanini aytib fikr bildirdi.
Marğilon şahri “Xöja Porso” MFY Baxtiyorlik köçasi 100-uyda joylaşgan Xöja Porso nomli masjid 1868 yilda qurilgan.
Vaziyatni örganiş uçun borganimizda masjid allaqaçon buzilib, uning örnida yangi zamonaviy masjid qad rostlayotgan edi. Buzib taşlangan qadimiy masjiddan çiqqan yoğoç şiftlar bir tomonga taxlanib, yomğir tuşmasligi uçun ustiga sellofan örab qöyilgan.
Foto: Kun.uz / Sarvar Ziyayev
Qadimiy Xöja Porso masjidining nima sababdan buzib taşlangani haqida mahalla ahlining fikrlari bilan qiziqdik. Şu mahallada yaşovçi Ğulomjon Madumarov masjid haqida bilganlarini sözlab berdi.
“Mustabid sovetlar davlati davrida islomga, dinimizga qarşi kuraş olib borilgan edi. Özbekiston hududidagi minglab masjidlar qatori Marğilon şahridagi masjidlar ham vayron qilindi, buzib taşlandi. Ayrim masjidlar ba'zi bir sabablarga köra saqlanib qolgan.
Saqlab qolinişga sabab şu bölganki, masjidlarni omborxonaga aylantirişgan, kimlardir yaşaydigan joy qilişgan. Qaysidir taşkilotlarni olib kelib qöyişgan.
Ğulomjon Madumarov
Foto: Kun.uz / Sarvar Ziyayev
Biz turgan joy qadimda Xoji Isaqboy masjidi deb nomlangan. Masjid bundan taxminan 150 yil avval qurilgan. Nima uçun masjid Xoji Isoqboy nomi bilan atalgani haqida tarixiy manba yöq.
Mana şu mahalla fuqarosiman. 74 yoşga kirdim. Masjidda 10-örta maktabning filiali bölgan. Bu yerda boşlanğiç sinflar öqigan. Men bu masjid örnidagi maktabda 1-sinfdan 3-sinfgaça tahsil olganman. Yonğinga qarşi köngillilar jamiyati (DPO) ham şu yerda joylaşgan edi.
Mavzuga oid
Foto: Farğona viloyati Madaniy meros boşqarmasi
Mustaqillikka erişganimizdan keyin masjid va madrasalar xalqqa qaytarib berildi. Xalq şundan keyin özining qadimiy masjidlarini, madrasalarini, namozxonalarini qölga kirita boşladi. Xuddi şu davrda Xoji Isaqboy masjidi ham yana xalqqa qaytarildi. Taşkilotlar bu yerdan çiqarib taşlandi.
Mazkur masjid bir neça yillar mobaynida xalqqa xizmat qildi. Bugunga kelib, devorlari xom ğiştdan qilingani va poydevori bölmagani uçun yaroqsiz holatga kelib qolgan edi. Avvalgi paytda masjid qurilişi uçun heç kim homiylik qilmagan, u paytlarda masjidga xayriya qilişga ruxsat bölmagan.
Bu masjid tarixiy yodgorliklar röyxatiga kiritilgan. Ayvondagi peştoqlar, ustunlar – bizning madaniy boyligimiz bölgan. Hozirda tadbirkorlar bir bölib xalq talabidan kelib çiqqan holda yangilaşga kirişildi. Körib turganingizdek, masjid zamonaviy qilib qurilmoqda.
Foto: Kun.uz / Sarvar Ziyayev
Ijtimoiy tarmoqlarda tuşunmovçiliklar bölyapti: tarixiy masjid yöq qilinayotgani, tarixiy yodgorliklarning qadriga yetilmayotgani haqida asossiz gap-sözlar yuribdi.
Asossiz gaplar tarqatayotganlarga aytardikki, köngillaring töq bölsin, masjidning naqş bilan işlangan har bir yoğoçini raqamlab, tarixiy yodgorliklarga mas'ul respublika idorasi boxabarligida viloyat idorasi kelib, ehtiyotlab olib qöyişdi. Mutaxassislar yordamida tarixiy yodgorlik bölgan qismi şundayligiça qayta tiklanib qöyiladi.
Restavratsiya qiliş imkonsizligi böyiça tegişli idoralarning xulosalari bor. Inson hayoti har narsadan ustun. Eski masjidga kirib ibodat qiliş xavfli edi”, – deydi mahallada istiqomat qiluvçi Ğulomjon Madumarov.
Şu mahalla fuqarolaridan yana biri Muhammadjon Mirzayev ham tarixiy masjid xususida öz fikrini bildirdi.
“Özbek xalqi tarixiy obidalarni köz qoraçiğidek asraydi. Masjid tarixiy peştoqlari, ustunlari bizning tarixiy madaniyatimizni eslatadi.
1970-80 yillarda 10-örta maktabda harbiy ta'lim rahbari bölib işlaganman. Mazkur masjid şu maktabning filiali bölgan. Bu yerda boşlanğiç sinflar tahsil olgan.
Qadimiy Xöja Porso masjidining bir tomoni çökib ketgan, odamlar kirib namoz öqişi uçun ham xavfli edi. Bu masjidni kimdir özidan özi kelib buzib yubormadi. Mutaxassislar kelib holatni örganişdi. Masjidni qaytadan quriş böyiça oqsoqollar maslahati olingan. Yoşi uluğ odamlar bilan bu borada suhbatlar uyuştirilgan. Davlat arxitekturasi, kadastri, quriliş sohasi mutaxassislari kelib xulosa bergan. Xulosa berilgandan keyingina bu yerda quriliş işlari boşlandi.
Kirib namoz öqiş xavfli bölib qolganidan keyin masjidga kam sonli odam kiradigan bölib qolgan edi. Çunki masjidning bir tomoni çökib ketgan, devorlari örtasidan yorilib ketgan edi”, – deydi u.
Alişer Husanov
Foto: Kun.uz / Sarvar Ziyayev
Farğona viloyati madaniy meros boşqarmasi boşliği Alişer Husanov bu haqda şunday deydi.
“Xöja Porso masjidi 1968-69 yillarda qurilgan. 2019 yilda Vazirlar Mahkamasining 846-sonli qaroriga asosan masjid madaniy meros obekti sifatida davlat muhofazasiga olingan. Masjid mahalliy toifadagi obektlar qatoriga kiradi.
Foto: Kun.uz / Sarvar Ziyayev
Foto: Kun.uz / Sarvar Ziyayev
Ta'mirtalab holatga kelib qolgani, namozxonlarning siğmay qolgani sababli yangi masjid quriş taklifi böyiça bizga murojaatlar kelib tuşgan edi. Bu böyiça 2020 yilda dastlabki loyiha tayyorlanib, madaniy meros ilmiy ekspert kengaşiga yuborilgan. Dastlab ilmiy ekspert kengaşi tomonidan loyiha körib çiqilib, masjid qurilişi böyiça e'tirozlar bölgan. Loyiha qayta körib çiqilgandan keyin 2020 yilning noyabr oyida masjid loyihasi kengaş tomonidan ma'qullangan.
Xöja Porso masjidining asosiy tarixiy ahamiyatga ega qismi ayvon qismi bölib, özgaça naqşinkorlari mavjud bölgan. Aynan şu ustunlar mutaxassislar tomonidan yeçib olinib, raqamlandi.
Yaqin vaqt oraliğida ayvonning tarixiy ahamiyatga molik qismi qayta tiklanadi.
Tarixiy masjid ayvonining qayta qurilişi yuzasidan e'tirozlar bölganidan keyin viloyat hokimi şaxsan özi voqea joyiga kelib holatni örgandi.
Tegişli taşkilotlarning masjid böyiça xulosalari, loyiha smetalari, hujjatlari körib çiqildi. Bu borada örganişlar hozir ham davom etmoqda.
Foto: Farğona viloyati Madaniy meros boşqarmasi
Ayvon ustunlarini yeçib olişda ham ularga ziyon yetmadi. Vodiydagi malakali restavratorlar tomonidan masjidning ustun va peştoqlari yeçib olindi. Masjid xom ğiştdan qilingani uçun tabiiy ofatlar natijasida yoriqlar paydo bölgan. Şuning uçun masjidni qayta quriş va tarixiy ayvonni yangidan qurişga kelişilgan.
Qadimiy masjid poydevorini mustahkamlaş, naqşinkor ayvonning umrini uzaytiriş uçun avvalgi holati qanday bölsa şundayligiça bunyod etiş uçun mutaxassislar jalb qilingan. Loyiha böyiça buzilgan ayvon joyiga örnaştiriladi.
Foto: Kun.uz / Sarvar Ziyayev
Masjidning şift qismi yaxşi saqlangan. Tom qismi mahalliy aholi tomonidan bir neça bor ta'mirlangan. Peştoq naqşlariga zarar yetmagan. Faqatgina masjidning devor qismi ta'mirtalab bölib qolgan.
Masjidning poydevori toşdan, devori xom ğiştdan, tepa qismi yoğoçdan milliy Farğonaça uslubda qurilgan”, – deydi Farğona viloyati madaniy meros boşqarmasi boşliği Alişer Husanov.