Ayni damda köplab xorijiy ommaviy axborot vositalarining nigohi Özbekistonga qaratilgan. Anglaganingizdek, bu bevosita Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimovning bevaqt vafoti bilan boğliq. Ta'kidlaş lozimki, bu inson şu qadar kuçli siyosatçi va davlat arbobi bölganligi bois, u haqidagi ma'lumotlar dunyoning aksariyat yetakçi naşrlarining birinçi sahifasida turibdi. Zero, u kişining vafoti munosabati bilan Kuba Respublikasi hukumati tomonidan 5 sentabrning mamlakatda motam kuni, deb e'lon qilinganligi ham bejizga emas, albatta. 

Haqiqatan ham, Islom Karimov dunyoning obröli davlat arboblaridan biri edi. U rahbarlik qilgan davrlarda Özbekistonning erişgan yutuqlari haqida köplab kitoblar yoziş mumkin. Uşbu buyuk şaxsning yozgan asarlari esa hozirda Yevropaning bir qator universitetlarida talabalar uçun öquv-qöllanmasi sifatida foydalanilmoqda.

.Ekspertlarning fikriça, Islom Karimov yuritgan oqilona siyosat yildan yilga özining ijobiy tasdiğini topmoqda. Hozirgi kunga kelib, Özbekiston iqtisodiy jihatdan juda katta rivojlanişga erişdi. Buni mamlakat iqtisodiyotida qayd etilayotgan raqamlardan bilib oliş qiyin emas. Mustaqillik yillarida Özbekiston iqtisodiyotining izçil rivojlanişiga kiçik va xususiy tadbirkorlik hamda turizm kabi sohalarga alohida e'tibor berilganligi sabab böldi. 
Ayni damda Özbekistonda YuNeSKO röyxatiga kiritilgan tarixiy obidalarning yuzdan ortiğini uçratişingiz mumkin. Bu esa dunyoning turli çekkalaridan mamlakatimizga sayyohlar oqimining uzluksiz kelişiga sabab bölmoqda. Özbekistonning xorijiy sayyohlar e'tiborini tortişiga yana bir sabab, bu mamlakatda tinçlik va barqarorlikning xukmron ekanligidir. 

Bundan taşqari, Islom Karimov öz faoliyati davomida madaniyat va sport sohalariga ham jiddiy e'tibor qaratdi. Ayniqsa, bolalar, xotin-qizlar sportini rivojlantiriş borasidagi sa'y-harakatlari natijasida aholining kundalik hayotda soğlom turmuş tarzini keçirişlariga erişildi. Şuningdek, dunyoning köplab maşhur sportçilari xalqaro miqyosdagi tadbirlar va musobaqalar doirasida mamlakatimizga taşrif buyurişdi. Olimpiya öyinlari dasturiga kiritilgan sport yönalişlarida ham jaxon çempionatlari bölib ötdi. Rojyer Federar, Kriştianu Ronaldu, Lionel Messi kabi sport yulduzlari, Xalqaro Olimpiya Qömitasi prezidenti Tomas Bax va boşqalar Toşkentga taşrif buyurib, respublikamizda sportning jadal suratlarda rivojlanayotganligini alohida ta'kidlab ötişdi. 

Ta'kidlaş lozimki, kuni keça bölib ötgan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori va quyi palatalarining qöşma yiğilişida Senat raisi Niğmatilla Yöldoşev davlatni vaqtinçalik boşqariş vazifasini ayni damda faqatgina respublika boş vaziri Şavkat Mirziyoyev muvaffaqiyatli bajara olişini ta'kidlab, uning nomzodini senatorlar va deputatlar ixtiyoriga taklif sifatida kiritdi va u majlis iştirokçilari tomonidan qöllab-quvvatlandi. Zero, joriy yilning 4 dekabr kuni bölib ötadigan prezidentlik saylovlarida xalq işonçini qozona olgan yangi davlat rahbari ham xuddi Islom Karimov yuritgan oqilona siyosatni davom ettiradi. Yangi prezident kim bölişidan qat'iy nazar, Özbekiston dunyodagi eng tinç va osoyişta mamlakatlardan biri bölib qolaveradi, mamlakat taraqqiy etişdan töxtamaydi.