AQŞning Minnesota ştatidagi Aleksandriya şahri yaqinida tibbiy vertolyot falokatga uçradi. Vertolyot ekipajining 3 a'zosi oğir ahvolda qolmoqda, deb xabar bermoqda Grand Forks Herald mahalliy naşri.

Falokat 17 sentabrga ötar keçasi Aleksandriya aeroporti yaqinida yuz bergan. Jarohatlanganlar yaqin oradagi şifoxonaga yetkazilganlar, ularga tez tibbiy yordam körsatilgan. Söngra ular özlari işlaydigan North Memorial Health Care tibbiyot markaziga yetkazilganlar. 

Tibbiyot markazi xodimlarining aytişiça, vertolyotda bemorlar bölmagan.