Avval ham xabar berilganidek, 16 sentabr kuni Qirğiziston poytaxti Bişkek şahrida Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi taşkilotining 25-yubiley sammiti bölib ötdi. Unda, rejalanganidek, MDHni zamon talablariga moslaştiriş masalasi kun tartibining asosiy mavzusi böldi. Qozoğiston respublikasi şunday taşabbus bilan çiqqan. Rasmiy Ostona sammitga jiddiy va amaliy nuqtai-nazardan yondaşib, davlat rahbarlariga faqatgina öta muhim masalalarni muhokama etiş taklifini bildirgan hamda Hamdöstlik ijroiya organlari xodimini qisqartiriş talabini ilgari surgan.
Qozoğiston prezidenti Nursultan Nazarboyev bir neça marotaba, taşkilot davlat rahbarlari öylaganidek samarador bölmaganini bir neça marotaba afsus bilan tan olgan edi. Umumiy mudofaa kengligi va erkin savdo hududi borasidagi umidlar çippakka çiqqan. Biroq, uning fikriça, MDHni hozir ham saqlab qoliş mumkin. Jumladan u özaro muloqot maydoni bölib xizmat qila oladi.
Nazarboyev fikriga qöşilgan Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko Hamdöstlikning 25 yilligining natijasi unçalik samarali emasligini ta'kidlagan. Uning aytişiça, mamlakatlar bu borada «ijobiy tomondan salbiy tomonga» oğmoqda. Şunga köra, hamkorlikning bir vaqtlar bölganidek yorqin onlariga qaytiş amri mahol, deb ta'kidlagan Belarus rahbari.
Albatta, barça umidlar özini oqlagani yöq, deya tan olgan öz navbatida Armaniston rahbari Serj Sargsyan. Buning sababi esa, uning fikriça, mustaqil respublikalarning yagona töxtamga, xulosaga kela olmayotganidadir. Sargsyan hamkasbi Nazarboyevning fikrini davom ettirar ekan, MDH sammiti kun tartibidan iqtisodiy mavzularga oid masalalarni olib taşlaşni taklif qildi.
Sammit mezboni, Qirğiziston respublikasi prezidenti Almazbek Atambayevning qayd etişiça, davlat rahbarlari «MDHning taqdiri borasida va uni isloh qilgan holda, zamon talablariga moslaştiriş borasida» köpgina mulohazalarini bildirib, nihoyat, kelişib olişgan. Şunday qilib, MDHning yubiley sammiti aytarli natijalar bilan yakunlanmagan bölsa-da, taşkilotni isloh qiliş borasida muhim qadam taşlandi, deyiş mumkin.












