Qozoğiston, Qirğiziston va Rossiya prezidentlari Bişkekdagi MDH sammiti vaqtida birga tasvirlangan surat ijtimoiy tarmoqlarda maşhurlikka erişdi.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari bu suratda Putin va Atambayev bitta kresloga joylaşganiga e'tibor qaratişgan. Suratda bu ikki siyosatçi bitta kresloga siğişgan holda Qozoğiston prezidentini diqqat bilan tinglaşayotganini köriş mumkin.

Ijtimoiy tarmoqdagilar bu suratga kinoyali fikrlar bildirişmoqda. Ba'zilar Rossiya rahbari uçun alohida örin talab qilişgan. Şuningdek, davlat rahbarlarining muloqoti uçun boşqa variantlar taklif etilgan.

Eslatib ötamiz, 16 sentabr kuni Bişkekda MDH sammiti ötkazildi. Bu sammit taşkilot taşkil topganining 25 yilligiga bağişlandi.