Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev Nyu-York şahriga işçi taşrif bilan jönab ketdi. U BMT Boş Assambleyasining 71-sessiyasida iştirok etadi.

Qirğiziston prezidentining siyosiy axborotlar bölimi xabariga köra, taşrif vaqtida davlat rahbari sessiyaning debatlar qismida çiqiş qiladi, BMT Boş kotibi Pan Gi Mun hamda Oçiq jamiyat instituti asosçisi, filantrop Jorj Soros bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkaziladi.

Almazbek Atambayev Nyu-Yorkda AQŞdagi qator yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uçraşişni rejalaştirgan.