AQŞ prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klinton Nyu-Yorkdagi BMT Boş Assambleyasi sessiyasiga taşrif buyurgan Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe bilan uçraşuv ötkaziş haqida kelişib oldi. Kyodo agentligining xabar qilişiça, muzokara Şarqiy Osiyodagi vaziyatga, xususan uşbu hududdagi mojarolar va KXDRning raketa-yadroviy dasturiga oid bölişi kutilmoqda.
Ma'lumotlarga köra, uçraşuv Klintonning taşabbusi bilan ötkaziladi. Ta'kidlanişiça, u şu orqali Yaponiya bilan Osiyo-Tinç okeani mintaqasidagi eng muhim ittifoqdoşi sifatida uzviy aloqalariga urğu bermoqçi.
Klintonning raqibi va respublikaçilar nomzodi Donald Tramp Tokioni bir neça marotaba qurolli kuçlarga kam xarajat ajratayotganlikda ayblagan, bundan taşqari u Yaponiya Amerika harbiy bazalariga köproq mablağ ajratmagan taqdirda, ikki tomonlama harbiy-siyosiy muzokaralar tizimini qayta körib çiqişni aytib, tahdid qilmoqda.

















