Lamborghini kompaniyasi Vitola deb nomlanadigan elektr giperkar yaratiş ustida iş olib bormoqda. Bu haqda AutoBild naşri xabar bermoqda.
Yangi model J1 modul şassisida quriladi. Şassi esa öz navbatida Porsche Mission E elektrokarining seriyali versiyasi negizida yaratiladi. Bu elektrokardan Lamborghini giperkariga batareyalarni tez quvvatlaş tizimi tegadi. Lamborghini Vitola joyidan 100 km/soat tezlikkaça 2,5 soniyada tezlaşa oladi, maksimal tezligi esa soatiga 300 km dan oşadi.
Taxmin qilinişiça, giperkar çeklangan miqdorda işlab çiqariladi. Lamborghini Vitola paydo böladigan muddat hozirça ma'lum qilinmayapti.
Porsche Mission E elektr sportkari 2020 yilda seriyali tarzda işlab çiqarila boşlanadi. Maşinaning 2015 yil kuzida ilk bor namoyiş qilingan prototipi umumiy quvvati 600 ot kuçidan yuqori bölgan ikkita elektromotor bilan jihozlangan. Kontsept-kar 100 km/soat tezlikka 3,5 soniyada erişa oladi, 200 km/soat tezlikkaça tezlaşişi uçun 12 soniya kerak böladi.
Prototip uçun 800-voltli akkumulyatorni quvvatlaş tizimi maxsus yaratilgan, u akkumulyator zaxirasini 15 daqiqada 80 foizga tölğiza oladi.












