AQŞ prezidenti Barak Obama Demokratlar partiyasidan mamlakat prezidentligi uçun nomzod Hillari Klintonni uning aqli, kuçi va qat'iyatli fikri uçun olqişlagan.
Ayni çoğda, Obama «boşqa nomzod» — respublikaçi Donald Trampni tanqid qilgan. Obamaning fikriça, Tramp prezident bölişga noloyiqdir. Bundan taşqari, u davlat rahbari lavozimida turli xil murakkab vazifalarni hal etiş uçun öz salohiyatini rivojlantirişni xohlamaydi, deb xabar qilmoqda Associated Press.
Qayd etilişiça, Obama taniqli restorator Denni Meyyer tomonidan uyuştirilgan xayriya keçki nonuştasi çoğida şunday fikrlarni bildirgan.
Xabarda aytilişiça, marosimda qatnaşgan 65 nafar mehmonning har biri çipta uçun 25 ming dollardan tölagan.
Keçadan tuşgan mablağlar Demokratik partiya milliy qömitasiga topşiriladi va Klinton saylovoldi kampaniyasiga yönaltiriladi.












