2016 yil 17 sentabr kuni Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengaşining navbatdagi VI Plenumi bölib ötmoqda.
Plenum iştirokçilari Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida partiyaning munosib iştirokini ta'minlaş borasidagi vazifalar, Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga bölajak nomzod körsatiş, Özbekiston XDPning X Qurultoyini çaqiriş va uning kun tartibi, partiya qurultoyiga vakillik me'yori va ularni saylaş tartibi töğrisidagi masalalarni muhokama qildi.
Plenumda siyosiy partiyalar uçun yaratib berilgan keng huquq va imkoniyatlardan töla foydalanib, partiyaning dasturiy maqsad va ğoyalari hamda uning elektorati manfaatlaridan kelib çiqqan holda, Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga bölib ötadigan saylovda Özbekiston Xalq demokratik partiyasining munosib iştirokini ta'minlaş borasidagi dolzarb vazifalarga alohida e'tibor qaratildi.
Kun tartibidagi asosiy masala – Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod körsatiş masalasi ham alohida muhokama qilindi.
Bu borada partiya elektorati, tarafdor va faollari tomonidan tavsiya etilgan ÖzXDP Markaziy Kengaşi raisi, partiya fraksiyasi rahbari Hotamjon Abdurahmonoviç Ketmonov partiyadan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiyaning Qurultoyida körib çiqiş uçun nomzod sifatida körsatildi.
Şuningdek, Plenumda Özbekiston XDPning X Qurultoyini joriy yilning 14 oktabr kuni çaqiriş va uning kun tartibi hamda partiya Qurultoyiga vakillik me'yori va ularni saylaş tartibi kabi masalalar atrofliça muhokama qilindi.
Sözga çiqqanlar tomonidan saylovoldi tarğiboti davrida partiya taşkilotlari va faollarining samarali iş yuritişi, qonun bilan belgilangan vakolatlarni töla işga solgan holda, birinçi navbatda yurtimizdagi mazkur muhim siyosiy jarayonlardan aholining xabardorligini oşirişga qaratilgan tarğibot tadbirlarining sifati va samaradorligi masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Bildirilgan taklif va tavsiyalarni inobatga olgan holda, muhokama qilingan barça masalalar yuzasidan ÖzXDP Markaziy Kengaşi VI Plenumi tegişli qarorlarni qabul qildi.
* * *
2016 yil 17 centyabr kuni Özbekiston “Adolat” Sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengaşining VI Plenumi bölib ötmoqda.
Majlisda Özbekiston “Adolat” SDPning joriy yilning 4 dekabr kuni bölib ötadigan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidagi iştiroki töğrisidagi masala muhokama etildi. Mamlakatimiz hayotida muhim ahamiyatga ega bölgan uşbu jarayonda partiyaning munosib iştirok etişi zarurligi alohida ta'kidlandi.












