Özbekistonda yil davomida ma’muriy qamoqqa olinganlar soni 80 mingdan köproq va bu raqamlar oşib bormoqda. Kun.uz sudya va huquq faollari bilan ma’muriy huquqbuzarlik uçun jazo tayinlaş, sudlarga bosim, «navbatçi» moddalar va adolat haqida intervyu taşkil qildi.

Kun.uz dolzarb mavzu yuzasidan JIB Çilonzor tuman sudi sudyasi Sarvar Mamadiyev, Inson huquqlari faoli Abdurahmon Taşanov va advokat Abdumalik Abdullayev iştirokida intervyu taşkil qildi. Intervyuga, şuningdek Içki işlar vazirligidan ham vakil çaqirilgan edi, lekin vazirlik mutaxassis ajratolmasligini ma’lum qildi.

Statistik ma’lumotlarga köra, 2020 yilda 35 mingdan ortiq, 2023 yilda 80 mingdan ortiq kişiga ma’muriy qamoq jazosi qöllangan. 2024 yilning birinçi yarmida bu raqamlar 45 mingdan oşgan. Afsuski, bu turdagi jazoni qöllaş hajmi yildan yilga oşib bormoqda. Faollar va jamoatçilik nazdida ma’muriy qamoq jazosi köp hollarda kuçişlatar tuzilmalar uçun berilgan vaqtdan foydalanib qoliş uçun imkoniyat.

Huquq faollariga köra, sönggi vaqtlarda «mayda bezorilik» hamda «içki işlar xodimlarining qonuniy talablariga böysunmaslik» moddasi bilan fuqarolarga ma’muriy qamoq jazosi beriş kuçayib bormoqda. Sud vakili esa öz tajribasida «jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qiliş» moddasida sodir qilingan huquqbuzarlikni qayta sodir qiliş oqibatida ma’muriy qamoqqa olinayotganlar köpligini ma’lum qildi. Şuningdek, Sarvar Mamadiyevga köra Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksni konseptual jihatdan töliq qayta körib çiqiş kerak.

– Kodeksda biror bir ma’muriy huquqbuzarlik uçun jazo sifatida qamoq muddati «15 sutkagaça», deb belgilangan bölsa, uni aniq belgilaşda sudya nimaga e’tibor beradi? Bunda sudyaga taşqi ta’sirlar bölişi mumkinmi?

Sarvar Mamadiyev, JIB Çilonzor tumani sudi sudyasi:

– Sudyalar e’tibor beradigan narsalar şuki, qonunlardan çiqib keta olişmaydi. Sud hujjatiga qöyilgan talab uçta: sud qarori qonuniy, adolatli va asoslangan bölişi kerak. Qonuniylik şundaki, ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksdan va kodeksga manba bölgan hujjatlardan ham çiqib ketmasligimiz kerak. Asoslanganlik ma’nosida har bir qaror dalillar bilan isbotlanişi kerak; harakatlar yoki ğayri ijtimoiylikni tasdiqlovçi haqiqiy ma’lumotlar bölişi kerak. Hukmingiz yoki qaroringiz asosli bölişi kerak. Adolatlilikning qat’iy mezonlari belgilanmagan. Jazo – jarimadan boşlab ön beş sutkagaça uning qilmişidan oğir bölmasligi, kerak deyilyapti. Uni qaysi holatda jarimaga, qaysi holatda ma’muriy qamoqqa oliş mumkinligini qilmişga bölgan munosabatidan, ya’ni agar bu qilmiş tasdiqlanyapti, haqiqiy ma’lumotlar va dalillar mavjud bölsa, unda puşaymonlik bormi-yöqmi, aybini sezyaptimi yoki qilmişi unga ta’sir qilmayaptimi? Uning ijtimoiy holati ham tekşiriladi. Şulardan kelib çiqib, sudya öz içki işonçiga asoslangan holda jazo belgilaydi. Qonunda qat’iy mezon belgilanmagan, har bir holat individual ravişda körib çiqiladi va sudya qaror qabul qiladi.