AQŞ Halabda BMT konvoyi öqqa tutilişidan keyin Suriyadagi vaziyatni barqarorlaştiriş masalasida Rossiya bilan hamkorlik qiliş masalasini körib çiqmoqçi. Bu haqda RIA Novosti agentligi AQŞ Davlat departamenti vakili Jon Kirbiga asoslanib xabar bergan.
"Qöşma ştatlar Rossiya bilan muzokaralarda bu masalani örtaga taşlaydi. Öt oçişni töxtatiş tartibi buzilganini hisobga olgan holda, biz Rossiya bilan munosabatlarimiz istiqbollarini körib çiqamiz", degan u.
Bundan oldinroq, Halab viloyati hududida BMTning insonparvarlik yordami olib ketayotgan konvoyi öqqa tutilgani, natijada karvondagi 31 avtomobildan 18tasi zararlangani haqida xabar berilgandi.

















