Amerikaning General Electric (GE) kompaniyasi kelasi 10 yil mobaynida Argentinaga 10 mlrd dollar sarmoya kiritişni rejalaştirmoqda, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi kompaniya raisi örinbosari Jon Rays bayonotiga asoslangan holda.
Qayd etilişiça, sönggi 4 oy mobaynida GE mamlakatga 1,2 mlrd dollar, xususan issiqlik elektrstansiyalari qurilişiga 900 mln dollar, 7ta samolyotni xarid qilişni moliyalaştiriş maqsadida Aerolineas Argentinas davlat aviakompaniyasiga kredit sifatida 280 mln dollar mablağ kiritgan.
Bundan taşqari, GE kompaniyasiga köra, uning sarmoyalari har yili 1 GVtga yaqin elektr energiyasi işlab çiqiş imkonini beruvçi 7ta elektrstansiyasini barpo etiş imkonini beradi. GE şuningdek, Argentinaning YPF davlat kompaniyasi bilan Neuken va Tukuman viloyatlarida qöşma zavodlar quriş böyiça kelişib olgan.
Ötgan haftada Buenos-Ayres şahrida bölib ötgan biznes forumda Germaniyaning Siemens AG muhandislik guruhi ham Argentina infratuzilmasini rivojlantiriş, jumladan gaz-buğ elektrstansiyalarini barpo etişga 5,6 mlrd dollar sarmoya kiritiş xohişini bildirgan.












