«Mançester Siti» jamoasi boş murabbiyi Hosep Gvardiola «Bornmut»ga qarşi öyindan keyin «şaharliklar» joriy mavsumda yutiş mumkin bölgan barça sovrinlarni – APL, Angliya Kubogi, Angliya Ligasi Kubogi va Çempionlar ligasi kubogini yutiş imkoniyatlari haqidagi savolga javob berişiga töğri keldi.

«Jin ursin! «Mançester Siti» şu vaqtgaça atigi bir marta Çempionlar ligasi yarim finaliga çiqqan. Agar odamlar meni bu turnirni yuta olişi mumkin deb öylayotgan bölsa, bu ular meni yaxşi murabbiy deb öylaşayotganidandir… Lekin men yaxşi murabbiyligingni isbotlaş uçun barça sovrinlarni yutişing şart böladi deb öylamayman.

Mening baxtiyor bölişim yutgan sovrinlarimga boğliq bölmaydi. Hozir mening maqsadim – bugunni baxtiyor holda ötkaziş. Bugun ozroq vino içaman va ertaga navbatdagi öyinga tayyorgarlik körişni boşlayman. Albatta, Liga Kubogidagi öyinni [«Suonsi»ga qarşi - tahr.] yutişga harakat qilamiz, keyingi öyinlar haqida keyin öylaymiz.

Bugun esa sizlardan söramoqçiman: bugungi öyinimiz yaxşi böldimi? Sizlarga yoqdimi? Yoqqan bölsa, bu ajoyib.

Barça sovrinlarni yuta oliş-olmasligimizni esa köraveramiz», – degan Gvardiola.