Qirğizistonning davlat qarzi 4 mlrd 72 mln dollarga yetdi. Bu haqda 19 sentabrda Qirğiziston byudjyet va moliya böyiça parlament qömitasi yiğilişida ma'lum qilindi.  

Birlaştiruvçi yöl loyihasini (TsARESning 1 va 3-koridorlari) moliyalaştiriş böyiça Qirğiziston hukumati va Osiyo taraqqiyot banki örtasidagi kelişuv loyihasini muhokama qiliş vaqtida qömita a'zolari mamlakat qaçongaça kredit olişi va mumkin bölgan bösağadan ötib ketilgan-ketilmaganligi haqida qiziqişgan. Bunga javoban Qirğiziston moliya vazirligi stats-kotibi Zuur Bayamanov davlat qarzining miqdorini ma'lum qilgan. Bu qarzga ham içki, ham taşqi qarz kiradi.

Bayamanov bu qarz sömda mamlakat YaIMining 68 foizini, dollarda esa YaIMning yöl qöyiladigan 60 foizidan oşmasligini ta'kidlab ötdi.