Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kongodagi noroziliklar vaqtida 17 kishi halok bo‘ldi
Kongo Demokratik Respublikasi poytaxti Kinshasada prezidentga qarshi norozilik bildirayotganlar va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida 17 kishi o‘ldirildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Qurbonlardan uch nafari politsiya xodimi bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, halok bo‘lgan politsiyachilardan birining jasadi voqea joyida yoqib yuborilgan.
Mamlakat muxolifatining bir necha minglab tarafdorlari poytaxt ko‘chalariga mamlakat prezidenti Jozef Kabilaga norozilik bildirish uchun chiqqan.
Namoyishchilar yo‘llarni to‘sib, shinalar yoqqanlar va prezidentning iste'foga ketishini talab qilganlar.
Mavzuga oid
07:06 / 27.06.2026
“Ertangi o‘yin osonroq kechadi” – Kongo bilan o‘yin oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi
23:18 / 24.06.2026
«Otamdan qolgan kalkulyator qani?!» Buyog‘i endi matematika...
20:49 / 06.06.2026
Kongoda Ebola virusini yuqtirish holatlari soni 450dan oshdi
20:58 / 26.05.2026