18 sentabr kuni Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumani hokimi öz lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Toşkent şahri hokimiyati matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Şu kuni Özbekiston prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev iştirokida Yunusobod tumani hokimligida Toşkent şahri va tumanlari hokimliklari, boşqa mutasaddi idoralar rahbarlari va faollari iştirokida yiğiliş ötkazilgan.

Iş faoliyatida muntazam qoloqlik va jiddiy kamçiliklarga yöl qöygani uçun Mirzo Uluğbek tumani hokimi Şomansur Ahmedov hamda Içki işlar boşqarmasi boşliği Saidakbar Pölatov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Bundan taşqari, tumanning bir qator mutasaddi idoralari rahbarlari — prokuror Timur Normuhammedov, davlat soliq inspeksiyasi rahbari Abdurauf Karimov jiddiy ogohlantirilgan.