Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev Egey sohilidagi kasalxonalardan biriga yotqizilgan. Bu haqda Turkiyadagi Sozcu gazetasi xabar tarqatgan.
Manbaning xabar qilişiça, Qirğiziston prezidenti puxta tibbiy körikdan ötadi va bir oz muddat şifokorlar nazoratida böladi.
Bundan avvalroq Almazbek Atambayev qisqa muddatli ta'tilga çiqqani va 1 oktabr kuni işga qaytişi xabar qilingandi.
Qirğiziston prezidenti 19 sentabr kuni BMT Boş Assambleyasining 71-sessiyasida iştirok etiş uçun AQŞga yöl olgandi. Samolyot Nyu-Yorkka uçiş davomida Turkiyadagi Otaturk aeroportiga qönganida prezident özini yomon his qildi va kökragidagi oğriqdan şikoyat qildi. Şundan söng uni xususiy samolyot orqali Egey sohilidagi şaharlardan biriga olib ketişgani aytilgan.
Şu bilan bir vaqtda Haberler portalida yozilişiça, Atambayev kasalxonaga yotqizilmagan va Turkiya ğarbidagi Çaşma şahrida joylaşgan Sheraton mehmonxonasida qolgan.

















