Turkiya prokuraturasi muxolifat rahbari va diniy rahnamosi Fathulloh Gulen va uning “Fathullohçilar terrorçilik taşkiloti”ga aloqadorlikda gumon qilinayotgan 141 kişini uşlaşga körsatma berdi, deb yozmoqda Cumhuriyet gazetasi.

Ma'lumotlarga köra, ularni qölga oliş böyiça maxsus amaliyot mamlakatning 15ta tumanida 20 sentabr erta tongdan boşlangan. Gumondorlar röyxatidagilar asosan öqituvçi va şifokorlardan iborat. 

Turkiya Milliy razvedka taşkilotining aniqlaşiça, Gulen tarafdorlari ByLock mobil ilovasi yordamida özaro muloqot olib borişgan. Bu ilova Android, Windows Phone va Blackberry dasturlarida işlaşga möljallangan.

Ma'lumki, 2016 yil 16 iyulga ötar keçasi Turkiyada harbiy davlat töntarişiga uriniş amalga oşirildi. Rasmiy Anqara uni muxolifat yetakçisi, hozirda AQŞda istiqomat qilayotgan Fathulloh Gulen tarafdorlari uyuştirganligini ta'kidlamoqda.